Toshkentdagi restoranda yongʻin chiqdi

Hodisa oqibatida qurbonlar kuzatilmagan. 

Jamiyat
23-oktabr 2023 yil
Toshkentdagi restoranda yongʻin chiqdi

Toshkentning Shayhontohur tumanida joylashgan restoranda yongʻin chiqdi. FVV xabariga koʻra, hodisa 23 oktabr kuni soat 04:51 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayxontohur” MFY, Zulfiyaxonim koʻchasi 21-uyda joylashgan manzilda sodir boʻlgan. 

Xabarga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:54 da yetib borib, yongʻin soat 05:29 da oʻchirilgan. 

Yongʻindan restoranning 200 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Xodisa oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi. 

Yongʻinning zarari aniqlanmoqda.

Oldinroq 2022 yilning oʻzidayoq 10 260 ta yongʻin roʻy berib, 284 kishi jabrlangani, 107 kishi vafot etgani, jismoniy va yuridik shaxslarga 214,6 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgani xabar berilgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+