platina.uz
Jamiyat

Toshkentda metro poyezdi yana buzilib qoldi

Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

Toshkentda metro poyezdi yana buzilib qoldi

Bugun, 23 oktabr kuni Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi.

"Soat 09:46 lar atrofida Shahriston metro bekatining aylanma yoʻlidan harakatga chiqishi lozim boʻlgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.

Holat yuzasidan tezkor koʻrilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yoʻnalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan" deyiladi "Toshkent metropoliteni" DUK xabarida.

Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu metro nosozligi boʻyicha yagona holat emas. Avvalroq, vagon eshiklarining ochiq holda harakatlanishi, toʻxtab qolishi va metro vagonida yongʻin ham kuzatilgandi. Shuningdek, avgust oyida aynan Yunusobod yoʻnalishining ikki bekati profilaktika uchun yopilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid