platina.uz
Jamiyat

Prezident maslahatchisi lola ekdi

Prezident yigʻilishida  25 oktabrdan 1 dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinishi aytilgandi.

Prezident maslahatchisi lola ekdi

Prezident maslahatchisi Gʻofur Mirzayev Mirobod tumani hokimi va sektor rahbarlari bilan #YashilMakon umummilliy aksiyasi doirasida lola daraxtini ekdi.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, bugun, 23 oktabr kuni Mirobod tumanida boʻlib oʻtgan saf yigʻinidan soʻng Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, sektor rahbarlari – tuman prokurori Axror Axunov, IIOFBM rahbari Otabek Xodjayev 2-sonli oilaviy poliklinika hududida daraxt koʻchatini ekishdi.

“Yashil makon” umummilliy aksiyasining kuzgi mavsumiga start berilganidan buyon tumanda 13 mingdan ziyod koʻchatlar ekildi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda boʻlib prezident yigʻilishida 25 oktabrdan 1 dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinishi aytilgandi. Mavsum doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid