Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi missiyasini yakunladi
Avvalroq Eron Oʻzbekistonga elchi tayinlagani xabar qilingandi.
Siyosat
23-oktabr 2023 yil
Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi oʻz missiyasini yakunladi. Bu haqda TIV huzuridagi "Dunyo" agentligi xabar berdi.
Diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston elchisi Otabek Akbarov Rim shahrida Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining oʻrinbosari Edmondo Chiriyelli bilan uchrashgan.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi munosabatlar muhokama qilingan.
Otabek Akbarov avval Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollik, Irlandiya va Norvegiyadagi elchisi lavozimida ham ishlagan.
Avvalroq Eron Oʻzbekistonga elchi tayinlagani xabar berilgandi.