Navbahorda irodali gʻalaba, Nasafda ilk magʻlubiyat
OChL guruh bosqichining 3-turida Nasaf ilk marta magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, Navbahor irodali gʻalabaga erishdi.
OChL guruh bosqichining 3-turida Nasaf ilk marta magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, Navbahor irodali gʻalabaga erishdi.
BAAda mehmon boʻlgan qarshiliklarning goli hisobga olinmadi. Sharja futbolchisi Lukasning goli esa oʻyinda yagonaligicha qoldi. Shu tariqa Sharja 7 ochko bilan guruhda peshqadamga aylandi.
Namanganda kechgan dramatik oʻyinda esa Navbahor iroda koʻrsatib, kambek qildi. Nassaji 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Oʻrunov hisobni tenglashtirgan boʻlsa, soʻnggi daqiqalarda mehmonlar oʻziga gol urib qoʻydi.
Olmaliqdagi uchrashuvda OKMK yana bir karra magʻlubiyatga uchradi. Sepaxonning 3 ta goliga olmaliqliklar bir gol bilan javob bera oldi xolos. OKMK ayni paytda guruhda soʻnggi oʻrinda bormoqda.
OChL, guruh bosqichi, 3-tur
OKMK - Sepaxon 1:3
Gollar: Mirahmadov 36 - Rizoyan 32, 49, Asadi 60
Sharja - Nasaf 1:0
Gol: Lukas 45+5
Navbahor - Nassaji 2:1
Gollar: Oʻrunov 73, Abdi 90+7 - Ozodi 44