Ikki klubimiz eronliklarga qarshi, Nasafda jiddiy, Paxtakorda oson raqib
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur oʻyinlari boshlanadi.

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur oʻyinlari boshlanadi. Unda Olmaliqning OKMK jamoasi Eronning Sepaxon, Namanganning Navbahori esa Eronning boshqa jamoasi Nassajiga qarshi oʻz maydonida oʻynaydi.
Shuningdek, ertaga Toshkentda Paxtakor klubi Turkmanistonning Axal klubini qabul qiladi. Turkman futboli endi oyoqqa turayotganini hisobga olsak, toshkentliklarga oson raqib deb aytish mumkin. Gʻalaba qozonmasa ham, durangni eplasa boʻladi.
Qarshining Nasaf jamoasini esa BAA jiddiy raqib kutib turibdi. Sharja jamoasi har tomonlama kuchli va noqulay hisoblanadi. Ammo vohaliklar uchinchi marta ham gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega deyish mumkin.
OChL, guruh bosqichi, 3-tur
23 oktabr
OKMK - Sepaxon (19:00)
Al-Ittixod - Al-Quva (21:00)
Sharja - Nasaf (21:00)
Navbahor - Nassaji (21:00)
Al-Hilol - Mumbay Siti (23:00)
As-Sadd - Al-Faysali (23:00)
24 oktabr
Urava Red - Poxang (15:00)
Ulsan - Joxor (15:00)
Patum - Kavasaki (17:00)
Vuxan - Xanoy (17:00)
Paxtakor - Axal (19:00)
Persepolis - Istiqlol (21:00)
Al-Ayn - Al-Fayxa (21:00)
An-Nasr - Az-Zuxayl (23:00)
25 oktabr
Yokoxama - Kaya (15:00)
Buriram - Melburn (15:00)
Jonbuk - Lion Siti (15:00)
Inchon - Shandong (15:00)
Zejiang - Ventforet (15:00)
Kitchi - Bangkok (17:00)
Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.