Deputat jarimalarni keskin oshirishni taklif qildi

Uning aytishicha, tarixda odamlar umumiy qoida va qonunlarni nazar-pisand qilmay qoʻysa, qonunbuzarlik uchun jazolarni keskin kuchaytirish samara bergan.

Jamiyat
23-oktabr 2023 yil
Deputat jarimalarni keskin oshirishni taklif qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Odiljon Tojiyev yoʻl qoidasini buzayotgan haydovchilar uchun jarimalarni bir necha marta oshirish kerakligini bildirdi.

"Mana, misol uchun, poytaxtimizda radarlar va svetoforlar oʻrnatilgan koʻchalarda YTHlarning soni keskin kamaygani qayd etilyapti. Menimcha, mamlakatimiz boʻylab haqiqiy, xalqaro meʼyorlardagi avtostradalar qurilgunigacha hozirgi magistral yoʻllarimizda tezlikni 80, 90 km/soatgacha cheklab, qoʻshimcha fotoradarlar oʻrnatilsagina, bosar-tusarini bilmaydigan “lixach”larimizni tarbiyalasak boʻladi. Ular toʻlaydigan jarimalarni ham dadil, qoʻrqmasdan bir necha karra koʻtarsak, xalqimiz bunday qarorlarni faqat olqishlagan boʻlardi, nazarimda", dedi deputat.

Tojiyev bu haqdagi postini Toshkent viloyatida birdaniga 6 ta mashina toʻqnashib ketishi ortidan yozdi. Uning aytishicha, tarixda odamlar umumiy qoida va qonunlarni nazar-pisand qilmay qoʻysa, qonunbuzarlik uchun jazolarni keskin kuchaytirish samara bergan.

"Bir soʻz bilan aytganda, yoʻllarimizdagi boshboshdoqlikka chek qoʻyish, odamlar hayotiga zomin boʻlayotgan YTHlarga barham berishni koʻzlab, yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jazolarni keskin kuchaytirsak, jazoning esa muqarrarligini (zamonaviy texnik vositalar yordamida) qatʼiy taʼminlasak maqsadga muvofiq boʻlar edi", deb yozadi u.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+