Dendroparkdagi daraxtlar nobud qilingani oshkor boʻldi
Bu holatda yer maydonlari mutaxassislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi(“Dendropark”)da daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq koʻplab holatlar aniqlangan.
Bu holatda yer maydonlari mutaxassislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198 (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.