Eng yaxshi vazir aniqlandi — obunachilar talqinida

"2023 yilda eng yaxshi ishlagan vazir qaysi?" deb nomlangan soʻrovnoma yakuniga yetdi.

Jamiyat
22-oktabr 2023 yil
Eng yaxshi vazir aniqlandi — obunachilar talqinida

Bir hafta davomida "2023 yilda eng yaxshi ishlagan vazir qaysi?" deb nomlangan soʻrovnoma boʻlib oʻtdi. Unda obunachilarimiz oʻzlari istagan vazirga ovoz berdilar.

Soʻrov jami salkam 66 mingdan ortiq qamrovga ega boʻldi va unda jami 17291 kishi oʻz ovozi bilan qatnashdi. Raqamli texnologiyalar vaziri 3569 ta ovoz bilan yaqqol ustunlikka erishdi.

Eng kam ovozlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (L.Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vaziri (J.Qoʻchqorov) va Suv xoʻjaligi vaziri (Sh.Hamroyev) toʻpladi.

Soʻrovnoma natijalari:

1. Raqamli texnologiyalar vaziri (Sh.Shermatov) — 3569 ta;
2. Favqulodda vaziyatlar vaziri (A.Qoʻldoshev) — 3407 ta;
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri (I.Abdurahmonov) — 2273 ta ovoz;

4. Ekologiya vaziri (A.Abduhakimov) — 1268 ta ovoz;
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri (H.Umarova) — 1234 ta;
6. Yoshlar siyosati va sport vaziri (A.Ikromov) — 655 ta ovoz;
7. Mudofaa vaziri (B.Qurbonov) — 572 ta ovoz;
8. Tashqi ishlar vaziri (B.Saidov) — 444 ta ovoz;
9. Ichki ishlar vaziri (P.Bobojonov) — 438 ta ovoz;
10. Madaniyat vaziri (O.Nazarbekov) — 432 ta ovoz;
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri (B.Zokirov) — 406 ta ovoz;
12. Adliya vaziri (A.Toshqulov) — 352 ta ovoz;
13. Sogʻliqni saqlash vaziri (A.Inoyatov) — 322 ta ovoz;
14. Qishloq xoʻjaligi vaziri (A.Voitov) — 294 ta ovoz;
15. Energetika vaziri (J.Mirzamahmudov) — 292 ta ovoz;
16. Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri (B.Islomov) — 291 ta ovoz;
17. Transport vaziri (I.Mahkamov) — 257 ta ovoz;
18. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev) — 231 ta ovoz;
19. Suv xoʻjaligi vaziri (Sh.Hamroyev) — 210 ta ovoz;
20. Iqtisodiyot va moliya vaziri (J.Qoʻchqorov) — 199 ta ovoz;
21. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (L.Qudratov) — 145 ta ovoz.

Bu shunchaki obunachilar fikri xolos. Yil oxirida Platina.uz talqiniga koʻra eng yaxshi va eng yomon ishlagan vazirlar reytingi tuziladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+