Uch sivilizatsiyani birlashtirgan Antaliyaning "yuragi"
Antaliyani targʻib qilish jamgʻarmasi (ATAV) prezidenti Yeliz Gul Egening fikricha, mintaqaning shahar markazida ekanligi va borish oson boʻlgani uchun diqqatni tortgan.

Turizm markazi boʻlmish Antaliyaning chuqur ildiz otgan koʻhna va boy tarixini ochib beruvchi Kaleichi, qadimiy binolari, yunon, saljuqiy va usmonli meʼmorchiligi izlarini aks ettirgan uylari, manzarali daraxtlarga toʻla tor koʻchalari bilan yilning har faslini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiradi.
Antaliya
Har yili millionlab sayyohlarni qarshi oladigan Antaliya oʻzining tabiiy va tarixiy goʻzalliklari bilan birga dengiz, quyosh va qum uchligi bilan sayyohlarni jalb qiladi.
Shahar markazida joylashgan, miloddan avvalgi IV asr oxirida boshlangan tarixiy oʻtmishida, miloddan avvalgi II asr oʻrtalarida Pergamon qiroli Attalos tomonidan port shahriga aylantirilgan tarixiy Kaleichi hududi Antaliyaning yuragi sifatida qaraladi.
1972 yilda “qoʻriqlanadigan hudud” sifatida himoya ostiga olingan Kaleichining uzun va tor koʻchalari, devorlar orasidagi shahar va port manzaralari, yunon, saljuqiy va usmonlilarning izlarini oʻzida aks ettirgan rang-barang uylari, meʼmorchiligi va dengizga qaragan koʻchalardagi tarixiy binolari bilan tashrif buyuruvchilarni oʻtmishga tomon sayohatga yetaklaydi.
85 ta monumental bino, 6 ta masjid, 3 ta madrasa, 4 ta maqbara, 5 ta hammom, 56 ta qalʼa va 456 ta fuqarolik arxitekturasi namunalari joylashgan Kaleichida antiqa buyumlar, gilam sotuvchi kichik doʻkonlar, kema portlari, shuningdek, mahalliy va xalqaro taʼmlarni tatib koʻrish mumkin boʻlgan bir qator restoranlari bilan ziyoratchilarga xizmat qiladi.
Sayyohlarning ilk tashrif buyurgan manzili - Kaleichi
Antaliyani targʻib qilish jamgʻarmasi (ATAV) prezidenti Yeliz Gul Egening fikricha, mintaqaning shahar markazida ekanligi va borish oson boʻlgani uchun diqqatni tortgan.
Qalʼa darvozasi yonida shaharning yana bir muhim ramzi boʻlgan Soat minorasi joylashgan. Milodiy IX asrda qurilgan va Abdulhamid II davrida soat minorasiga aylantirilgan asarda Rim, Saljuqiy, Usmonli va Jumhuriyat davrlarining izlari bor.
Kaleichi dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilarni qabul qilishini taʼkidlagan Ege, shunday qoʻshimcha qildi:
"Kaleichi - Antaliyaning gavharidir. 2 ming yildan ortiq tarixga ega va qadimiy binolari bugungi kungacha qoniqarli tarzda saqlanib qolgan. Tashrif buyuruvchilarning mahalliy va tarixiy imoratlarni ayni vaqtda topishlari mumkin boʻlgan shahardir. Ushbu muhit juda chiroyli fotosuratlar jamlanmasini toʻplashga imkon beradi. Shu sababli Kaleichi dunyodagi eski aholi punkti sifatida qabul qilingan kam sonli joylardan biridir. Shahar markaziga qaraganimizda, Kaleichi sayyohlar tashrif buyuradigan asosiy diqqatga sazovor markaz hisoblanadi".