Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Abduholiq Mamarasulov olamdan oʻtdi
Xabarlarga koʻra, aktyor bir necha yildan buyon yurak kasalligi bilan ogʻrigan.

"Televizion miniatyuralar teatri" ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Abduholiq Mamarasulov 74 yoshda vafot etdi.
Xabarlarga koʻra, aktyor bir necha yildan buyon yurak kasalligi bilan ogʻrigan.
Aktyorning janoza namozi shom vaqti Toshkentdagi sobiq “Oʻzbekfilm” mahallasidagi “Sobitxon xoji ota” masjidida oʻqilishi belgilangan.
Oldinroq Oʻzbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etgani xabar qilingandi.