Oʻzbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi
U 1998 yil 26 avgust kuni Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi .
Jonsaid Turdiyev butun umri davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida faoliyat yuritgan, togʻ-kon sanoati sohasida koʻplab mahoratli yoshlarni tarbiyalashda bevosita qatnashgan.
U 1998 yil 26 avgust kuni Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.




