platina.uz
Siyosat

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jumladan,  Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili tayinlandi. 

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Abdusattarov Toʻlqin Sayfullayevich Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili etib tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Bunga qadar u adliya vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari Javhar Izamov Bosh vazirning Protokol xizmati rahbari etib tayinlandi. J.Izamov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi, Tashqi ishlar vazirligi davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Bekzod Hidoyatov Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari (Matbuot kotibi) etib tayinlangan. B.Hidoyatov Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — UzA sharhlovchisi, yetakchi muharriri, Kotibiyati mudiri, AOKAda boʻlim boshligʻi va axborot xizmati rahbari, Bosh vazir matbuot xizmati bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid