Shifokor umrni uzaytiruvchi nonushta haqida maʼlumot berdi
Pavlovaning soʻzlariga koʻra, tuxumni qaynatib isteʼmol qilish yaxshidir.

Nonushtaga tovuq tuxumini muntazam isteʼmol qilish umrni uzaytiradi, deya xabar beradi “360” nashri tibbiyot fanlari doktori, endokrinolog Zuhra Pavlovaga asoslanib.
Mutaxassislar turli xil parhezlar 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar salomatligiga qanday taʼsir qilishini tahlil qilishdi. Eng yaxshi natijalarni kuniga uchta tovuq tuxumini isteʼmol qilgan guruh koʻrsatdi.
Bu vazn yoʻqotish, xolesterinni kamaytirish va qon tomirlarining holatini yaxshilashga olib keldi.
Pavlovaning soʻzlariga koʻra, tuxumni qaynatib isteʼmol qilish yaxshidir. Tovuq tuxumi eng yaxshi hayvon oqsillaridan biridir.