platina.uz
Jamiyat

Sergelidagi portlash oqibatida qancha zarar koʻrilgani ochiqlandi

Avvalroq, portlash sabab 4 kishi qamoqqa olingani maʼlum boʻlgandi. 

Sergelidagi portlash oqibatida qancha zarar koʻrilgani ochiqlandi

28 sentabr kuni Toshkent shahar, Sergeli tumanida joylashgan “Interlogistics” MChJ hududidagi omborxonada sodir boʻlgan yongʻin va portlash zarari 14,5 mlrd soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Hukumat komissiyasi maʼlumotida aytiladi.

Favqulodda vaziyat oqibatida umumiy jabrlanganlar soni 163 nafarni tashkil etgan boʻlib, ularning 150 nafari yengil va 13 nafari ogʻir tan jarohati olgan. Bir nafar voyaga yetmagan fuqaro olgan ogʻir tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Jarohat olganlarning 24 nafari shifoxonaga yotqizilib, ularga tegishli tibbiy va psixologik yordam koʻrsatilgan. Qolgan 138 nafari ambulator davolanishga yuborilgan. Hozirda jarohatlangan barcha fuqarolarning salomatligi tiklanib, uyiga ruhsat berilgan.

Aholining muammolarini tezkor bartaraf etish maqsadida “1205” qisqa raqamli “Call-center” tashkil etildi. Markazga 450 dan ortiq murojaat kelib tushgan va barchasi ijobiy hal qilingan.

400 ta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi hamda ularning 100 nafar voyaga yetmagan farzandlariga moddiy yordam koʻrsatildi, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyat oqibatida 39 ta koʻp qavatli uylardagi 1370 ta xonadon hamda 246 ta yerli xonadonning fasad, oyna-rom, eshik va tom qismiga ziyon yetkazilgan.

Avvalroq, portlash sabab 4 kishi qamoqqa olingani maʼlum qilingandi. Toshkent shahar hokimligi esa 26 ta koʻp qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetganini ochiqlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid