Futbol tarixidagi eng kutilmagan transferlar roʻyxati eʼlon qilindi
Roʻyxatda “Barselona”dan “Real”ga oʻtgan portugaliyalik Luish Figu yetakchilik qildi.

Britaniyaning Four Four Two nashri futbol tarixidagi eng hayratlanarli boʻlgan transferlar reytingini tuzdi.
Roʻyxatda “Barselona”dan “Real”ga oʻtgan portugaliyalik Luish Figu yetakchilik qildi. Ikkinchi oʻrinda angliyalik Sol Kempbellning "Tottenxem"dan "Arsenal"ga oʻtishi qayd etildi. Kuchli uchlikni braziliyalik Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga oʻtishi yakunlab berdi.
10 ta hayratlanarli transferlar:
Luish Figu (Portugaliya) – “Barselona”dan “Real”ga;
Sol Kempbell (Angliya) - "Tottenxem"dan "Arsenal"ga;
Neymar (Braziliya) – “Barselona”dan “PSJ”ga;
Karlos Teves va Xaver Maskerano (ikkisi ham Argentina) – “Korintians”dan “Vest Xem”ga;
Erik Kantona (Fransiya) – “Lids”dan “Manchester Yunayted”ga;
Roberto Bajo (Italiya) – “Fiorentina”dan “Yuventus”ga;
Kevin Kigan (Angliya) - "Gamburg"dan "Sautgempton"ga;
Lyuter Blissett (Angliya) - "Uotford"dan "Milan"ga;
Endi Koul (Angliya) – “Nyukasl”dan “Manchester Yunayted”ga;
Rikardo Villa va Osvaldo Ardiles (ikkalasi Argentina) - "Racing" va "Xurakan"dan "Tottenxem"gacha.