Eron Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi
Eslatib oʻtamiz, shu paytgacha bu vazifada Hamid Nayrobodiy ishlagan.

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Eronning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan Muhammad Ali Iskandariydan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
"Oʻzbekiston-Eron oʻzaro manfaatli hamkorligini kengaytirish boʻyicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildik" deya maʼlum qilgan Saidov.
Eslatib oʻtamiz, shu paytgacha bu vazifada Hamid Nayrobodiy ishlagan. U 2019 yilda vazifaga tayinlangandi.