Sanoatqurilishbank raisi boshqa bankka rahbar boʻldi
Bankning avvalgi raisi Alisher Muratov raisning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Saxi Annaklichev Qishloqqurilishbank oʻrnida yangi tashkil etilgan Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlangan. Bugun bankda tanishtiruv boʻlib oʻtgan.
Platina.uz manbasi xabariga koʻra, bankning avvalgi raisi Alisher Muratov raisning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Annaklichev bungacha 2020 yildan beri Oʻzsanoatqurilishbank raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.