OChL: Nasafda ishonchli gʻalaba, OKMK yana yutqazdi
Shu tariqa qarshiliklar 2 ta gʻalaba, olmaliqliklar 2 ta magʻlubiyat bilan musobaqaga kirishib ketmoqda.

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Olmaliqda mehmon boʻlgan Iroqning Al-Quva jamoasi OKMK ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Shuningdek, Qarshida Qatarning As-Sadd jamoasini qabul qilgan Nasaf klubi ishonchli gʻalabaga erishdi — 3:1. Shu tariqa qarshiliklar 2 ta gʻalaba, olmaliqliklar 2 ta magʻlubiyat bilan musobaqaga kirishib ketmoqda.
OChL, guruh bosqichi, 2-tur
OKMK - Al-Quva 1:2
Gollar: Hojinazari 81 - Ali Jasim 2, S.Tursunov 48 avto
Nasaf - As-Sadd 3:1
Gollar: Nurulloyev 29, Amonov 46, 58 - Xuxi 83