platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ichimlik suvida ekin sugʻorgan shaxs qamoqqa olindi

U ichimlik suvi korxonasiga  282 million soʻmdan oshiq zarar keltirgan. 

Qashqadaryoda ichimlik suvida ekin sugʻorgan shaxs qamoqqa olindi

Qashqadaryoda ichimlik suvida ekin sugʻorib kelgan shaxs 3 yilga qamaldi.

Joriy yilning 4 oktabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Nishon tuman sudida shu tumanning Balxiyak qishlogʻida yashovchi Oʻ.Abdullayevga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, 2010 yilda dehqon xoʻjaligi tashkil etgan bu fuqaro "Talimarjon-Muborak" magistral quvuriga d-76 mm lik quvur orqali noqonuniy ulanib, ichimlik suvidan ekinlarni sugʻorib kelgan.

"Qashqadaryo suv taʼminoti" MChJ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida uning bu qilmishi fosh boʻlib, jamiyatga 282 716 280 soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Sud toʻplangan hujjatlar va tomonlarning koʻrsatmalarini oʻrganib, Oʻ.Abdullayevga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanib, undan 282 716 280 soʻm zarar undiriladigan boʻldi va sud zalidan qamoqqa olindi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid