Dilshod Rahimov Aksilkorrupsiya agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻldi
U avval Bosh prokuratura tizimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Rahimov Dilshod Faxriyevich Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Dilshod Raximov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
U ikki kun avval bu lavozimdan olingandi.




