Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Shuhrat Abdurahmonovning oʻrinbosari boʻsh qolgan lavozimni egallagan.

Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Asaka tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Begzod Ummatov vazifasidan ozod etildi.
Bu haqda Andijon viloyat hokimi matbuot xizmati xabar berdi.
Ummatov bir yil avval ushbu lavozimga tayinlangan, ungacha esa Aksilmonopoliya qoʻmitasida ishlagandi.
Viloyat hokimi oʻrinbosari Nasibillo Moʻminov Asaka tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.