Andijonda nimalar qilinmoqda?
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 30 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan 2 dona suv inshooti oʻrnatildi.

Prezident topshirigʻiga asosan respublikaning barcha viloyatlarida “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday manzillardan biri Andijon viloyatidir. Dasturga viloyatning 5 ta mahallasi – Izboskan tumanidagi “Guliston”, Baliqchidagi “Halfa chek”, Jalaquduqdagi “Qutlugʻ”, Boʻstondagi “Mehnatobod” va Qoʻrgʻontepadagi “Qizil toʻqay” mahallalari kiritilgan.
Bugungi kunda tanlab olingan mahallalarda 14 183 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzillarda “xonadonbay” xatlovlar oʻtkazilib, hududlar kesimida “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 23 ta koʻcha obodonlashtirildi.
Xususan, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 376 dona eski simyogʻochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 9 ta TP punktlari kapital tamirlandi va 6 ta yangi TP oʻrnatildi, 11 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.
Mahallalardagi ichki yoʻllarning jami 7,9 km qismiga asfalt yotqizildi va 7,6 km uzunlikdagi qismi shagʻallashtirildi, 2 km masofada piyodalar yoʻlaklari barpo etildi. Hududlardan oʻtuvchi jami 47,8 km uzunlikdagi ariqlar, zovurlar va kollektorlar tozalandi.
Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida jami 2 ta GTP kapital taʼmirlandi va 4 km gaz quvurlari joriy taʼmirlandi. Shuningdek, 124 ta axoli xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Hududidagi ijtimoiy soha obʼektlariga jami 47,2 tonna va aholi xonadonlariga 178 tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berildi.
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 30 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan 2 dona suv inshooti oʻrnatildi.
Mahallalardagi mavjud 6 ta qabriston toʻliq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Mahalla binosi va ijtimoiy obʼektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yoʻnalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosini qurish ishlari boshlandi. Hududlardagi 1 ta umumtaʼlim maktabida kapital taʼmirlash ishlari yakunlandi.
Aholi sogʻligʻini yaxshilash maqsadida 12 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi shuningek, 275 ta fuqaroga bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Jami 78 nafar fuqaro viloyat va tuman sogʻliqni saqlash muassasalarida sogʻligʻi tiklandi.