UzAuto Motors sotuvda yoʻq boʻlgan mashinalar narxini oshirdi
Yangilangan narxlar kompaniya saytida eʼlon qilingan.

UzAuto Motors kompaniyasi hozir sotuvi yopib qoʻyilgan bir qator avtomobillarning narxlarini oshirdi. Yangilangan narxlar kompaniyaning Chevrolet.uz saytida eʼlon qilindi.
Yangi narxlar bilan tanishing:
- Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 soʻm (eski narxi – 160 868 000 soʻm);
- Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 soʻm (eski narxi – 92 204 000 soʻm);
- Labo LB2 Plus: 96 370 000 soʻm (eski narxi – 91 669 000 soʻm);
- Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 soʻm (eski narxi – 113 711 000 soʻm);
- Cobalt GX-Style Plus AT: 141 181 000 soʻm (134 294 000 soʻm).
Eslatib oʻtamiz, biroz vaqt avval avtosalonlarda shartnoma berish bir muddatga ochilgan va tezda yopilgandi. Mashinalar sotuvi qachon boshlanishi nomaʼlumligicha qolmoqda. Avvalroq Captiva–5 qachon va qanday narxlarda sotuvga chiqishi maʼlum boʻlgandi.