platina.uz
Jamiyat

Kelasi yil Oʻzbekistonga oʻn million sayyoh kelishi kutilmoqda

Vazirning aytishicha, 2022 yilda dunyo boʻylab 1 mlrd.ga yaqin odam sayohat qilgan.

Kelasi yil Oʻzbekistonga oʻn million sayyoh kelishi kutilmoqda

Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Uning birinchi plenar yigʻilishida Oʻzbekiston ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov nutq soʻzladi.

Vazir oʻz nutqida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish, zarur infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirishga katta ahamiyat berilayotganini taʼkidladi.

Jumladan, koʻplab mehmonxona va restoranlar, yangi yoʻllar qurilmoqda. Mavjudlari yangi talablar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Turizmni barqaror rivojlantirish uchun amaliy qadamlar qoʻyilyapti. Yangicha turizm shakllari, jumladan, etnik, ekoturizm va MICE turizmni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Vazirning aytishicha, 2022 yilda dunyo boʻylab 1 mlrd.ga yaqin odam sayohat qilgan boʻlib, bu pandemiyadan oldingi koʻrsatkichning 66 foizini tashkil etadi. Joriy yilda Oʻzbekiston 7 mln. xorijiy sayohatchini qabul qilishi kutilmoqda. Bu 2016 besh barobar koʻp demakdir. Kelgusi yilda biz 10 mln. sayohatchini qabul qilishdan umid qilyapmiz", dedi vazir Aziz Abduhakimov.

Sessiyada tashkilot faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Aziz Abduhakimov Bosh assamleyaning Oʻzbekistondagi prezidenti UNWTO Bosh assambleyasining vitse-prezidenti deb eʼlon qilindi.

Sessiya doirasida "Inqiroz paytida yetakchilik" kitobining taqdimot marosimi oʻtkazildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid