platina.uz
Iqtisod

Jahonda eng koʻp smartfon sotayotgan kompaniya maʼlum qilindi

Global smartfon savdosi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga qisqargan.

Jahonda eng koʻp smartfon sotayotgan kompaniya maʼlum qilindi

Koreyaning Samsung korporatsiyasi jahon smartfon bozorida yetakchi ekanligini isbotladi. Bu haqda soʻnggi Counterpoint hisobotida aytiladi.

Kompaniyaning jahon smartfon bozoridagi ulushi 20 foizni tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinni 16 foizlik ulush olgan Apple egalladi. Xitoy kompaniyasi Xiaomi 12 foiz bilan uchinchi eng mashhur smartfon brendi deb topildi. Quyida esa boshqa Xitoy ishlab chiqaruvchilari: Oppo - 10 foiz, Vivo - 8 foizlik natija qayd etdi.

Agentlik tahlilchilarining taʼkidlashicha, global smartfon savdosi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga qisqargan, biroq oʻtgan chorakka nisbatan 2 foizga oshgan. Yaqin Sharq va Afrika yillik savdo oʻsishini qayd etgan yagona bozorga aylandi.

Materialda aytilishicha, ijobiy dinamika yil oxirigacha davom etishi kerak. Bu iPhone 15 chiqarilishi, turli chegirmalar bilan bogʻliq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid