platina.uz
Jahon

Gʻazodagi shifoxonaga hujum: qurbonlar 800 nafarga yetgani xabar qilindi

Falastinda namoyishlar va tartibsizliklar boshlandi. 

Gʻazodagi shifoxonaga hujum: qurbonlar 800 nafarga yetgani xabar qilindi

Gʻazo sektoridagi Al-Ahli Al-Maadani shifoxonasiga uyushtirilgan hujum natijasida 800 kishi halok boʻldi, deb xabar berdi Al-Arabiya telekanali. Bungacha Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi 500 nafar qurbon va jarohatlanganlar haqida xabar bergan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi vakilining aytishicha, halok boʻlganlarning barchasi tinch aholi, jumladan, yuzlab bolalardir. Falastin prezidenti Mahmud Abbos qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam eʼlon qildi va bayroqlarni tushirishni buyurdi.

Ushbu hujumda Isroil kuchlari ayblanmoqda, ammo mamlakat harbiy kuchlari buni inkor qilgan.

Ushbu hujumdan soʻng Falastinda Mahmud Abbos isteʼfosini talab qiluvchi namoyishlar boshlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid