Velosiped turizmi konferensiyasi: sohaning istiqbollari koʻrib chiqildi
Anjumanda Turkiya madaniyat va turizm vaziri ham ishtirok etdi.

2023 yilgi EuroVelo & Velosiped turizmi konferensiyasi 34 mamlakatdan 270 ga yaqin mutaxassislar ishtirokida, 2023 yil 11-13 oktabr kunlari Turkiyaning katta ahamiyatga ega shaharlaridan biri, shuningdek, EuroVelo 8 – Oʻrta Yer dengizi yoʻnalishi uchun Turkiyadan tanlangan birinchi shahar – Izmirda boʻlib oʻtdi.
Konferensiya butun Yevropa boʻylab velosiped turizmini rivojlantirish uchun barcha soha mutaxassislarini birlashtirdi. Izmirda boʻlgan yigʻilishga qatnashgan soha mutaxassislari "Velosiped doʻsti" sertifikatiga ega mehmonxonalar imtiyozlarini sinab koʻrish imkoniga ega boʻldi.
2023 EuroVelo & Velosiped turizmi konferensiyasi, T.R Madaniyat va turizm vazirligi, Turkiya turizmni tanitish va rivojlantirish agentligi (TGA) va Yevropa velosipedchilar federatsiyasi (ECF) homiyligida, Izmir shahar hokimiyati mahalliy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Barqaror velosport turizmining rivojlanishi va kelajagiga eʼtibor qaratgan holda, konferensiya velosport turizmining barcha manfaatdor tomonlarini, jumladan, velosiped turizmi boʻyicha ekspertlar, xalqaro velosiped assotsiatsiyalari vakillari, velosiped turoperatorlari, universitetlar va akademiyalar, turizm va davlat organlari, turar joy hamda jamoat transporti kompaniyalarini birlashtirdi.
Anjumanda T.P. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirok etdi va ochilishda nutq soʻzladi. Vazir Ersoy oʻz nutqida quyidagilarni bayon qildi: "2022 yil maʼlumotlariga koʻra, EuroVelo 8 Oʻrta Yer dengizi velosiped tarmogʻining eng muhim yoʻnalishining uzunligi 90 000 kilometrdan ziyod boʻlgan, EuroVelo Yevropa tarmogʻining ikkinchi eng uzun marshrutidir. Turkiya oʻn etti xil uzoq masofali marshrutlarga ega. U butun Yevropa qitʼasini velosiped yoʻnalishlarini birlashtirib, Edirne, Kirklareli va Izmir shaharlarini EuroVelo 13 va EuroVelo 8 orqali bogʻlaydigan Yevropa veloyoʻl yoʻnalishlari tarmogʻining muhim aʼzosi hisoblanadi. “Ommaviylashtirishdan tashqari, yangi marshrut loyihalarini amalga oshirish va dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sayyohlik mahsulotlaridan biri boʻlgan barqaror velosiped turizmini rivojlantirish Yevropa va dunyoda muhim yutuqlarning podevori deb hisoblayman”.
Meros va tajribaga qaratilgan konferensiya dasturi
2023 yilgi EuroVelo & Velosiped turizmi konferensiyasi “Velosiped: madaniy merosga yangicha nazar” mavzusida ishtirokchilarga 48 nafar maʼruzachi ishtirokida panellar, dialoglar va maʼlumot almashishga qaratilgan qiziqarli dasturlar taklif etildi. Dasturda velosiped marshruti tarmoqlari va velosiped turizmi boʻyicha gʻoyalar ilgari surildi. Tadbir turizm sohasidagi ilgʻor tajribalarni joriy etuvchi, ishtirokchilarni madaniy va tabiiy merosni shakllantirishda velosipedning oʻrni haqida fikr yuritishga undaydigan sessiyalar, seminarlar va ijtimoiy tadbirlardan iborat boʻldi.
Hamkorlikni rivojlantirish va oʻzaro tajriba almashish
“Yangi (va yanada koʻp) velosipedchilarni jalb qilish uchun marketing strategiyalari” sessiyasida marketing vositalari va faoliyati velosipedni har bir inson hayotining bir qismiga aylantirishga yordam berishi haqidagi gʻoyalar muhokama qilindi. “Velosiped va madaniy meros aloqa vositalari” interaktiv sessiyasida telekoʻrsatuvlar, oʻyinlar va ilovalar kabi turli ommaviy axborot vositalari velosiped haydash amaliyoti merosni targʻib qilish bilan bogʻlashi va foydalanuvchilarni velosipedda maqsadli joyni kashf etishga taklif qilishlari muhokama qilindi.
2023 EuroVelo & Velosiped turizm konferensiyasining soʻnggi kunida ishtirokchilar EuroVelo 8 - Oʻrta Yer dengizi marshrutining Izmir qismidagi muhim nuqtalariga texnik sayohat qilishdi. Ushbu tashriflar davomida ishtirokchilar mintaqa va uning velosipedga qulay infratuzilmasi, loyihalari va xizmatlari bilan tanishdilar.