platina.uz
Jamiyat

Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomi beriladi

Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etiladi.

Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomi beriladi

Samarqandda oʻtayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomini berish toʻgʻrisida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida bitim qabul qilindi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili tomonidan imzolandi.

Avvalroq Prezident turizmni yorituvchi jurnalistlar va sayohat blogerlarni birlashtiruvchi Global mediakampus tuzishni taklif qilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid