Qirgʻiziston vizasiz rejimga cheklovlar kiritmoqda
Ushbu cheklovlar Oʻzbekiston fuqarolariga ham taʼsir qiladi.

Qirgʻiziston hukumati xorijliklar uchun vizasiz rejimga cheklovlar kiritdi. Ushbu cheklovlar Oʻzbekiston fuqarolariga ham taalluqli boʻladi.
Bu migratsiya oqimini yanada samarali boshqarishni taʼminlash va mamlakatning umumiy xavfsizligini yaxshilash uchun zarur, deb xabar beradi OAV respublika TIVga asoslanib.
Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xorijiy fuqarolarning respublika hududida boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi, bu esa visa-run tartibini bekor qilishni nazarda tutadi.
TIVning taʼkidlashicha, xorijlik fuqarolarning mamlakat hududida boʻlish muddatini uzaytirish maqsadida tez-tez mamlakat tashqarisiga chiqish va qaytib kelish amaliyoti endilikda 60/120 tamoyili asosida vizasiz rejim joriy etilishi bilan cheklanadi.
Yaʼni 60 kungacha boʻlgan muddatga vizasiz rejimdan foydalanilganda, tegishli toifadagi xorijliklar uchun mamlakatga qayta kirish endi oldingi chiqib ketgan kundan boshlab 60 kundan keyin mumkin boʻladi. Aynan Oʻzbekiston fuqarolari Qirgʻizistonda 60 kungacha vizasiz yura olishlari mumkin.
Qirgʻizistonga 90 kungacha vizasiz tashrif buyurishi mumkin boʻlgan fuqarolar uchun muddatlar 90/180 tamoyili boʻyicha hisoblanadi, deya aniqlik kiritdi vazirlik.
Shuningdek, ular chet elliklarga qolishlarini oldindan rejalashtirishni va agar kerak boʻlsa, "ruxsat beruvchi hujjatlarni" olishni tavsiya qildilar.
Eslatib oʻtamiz, 1 sentabrdan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolariga chegarani ID-karta yordamida kesib oʻtishiga ruxsat berilgandi.