Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari ishdan olindi
Uning oʻrniga kim tayinlangani ham maʼlum boʻldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Dilshod Rahimov ishdan olindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabarni tasdiqladi.
Uning oʻrniga Shamsiddin Sohibnazarov tayinlangan.
Dilshod Rahimovning yangi ish joyi hozircha maʼlum emas.