Hech kim amal qilmayotgan qoʻshaloq moratoriy
Platina.uz muxbiri voqea joyini oʻrgandi.

Prezident Oʻzbekistonda daraxt kesishga va Toshkentda qurilish qilishga moratoriy eʼlon qilgan. Poytaxt bosh rejasi tasdiqlanmaguncha qurilish taqiqlangan.
Mirobod tumani Qoʻyliq-1 mavzesida bir necha oʻnlab mevali daraxtlar kesilish arafasida turibdi, chunki u yerda yangi uy qurishmoqchi. Platina.uz muxbiri voqea joyini oʻrgandi.


U yerda hali qurilish boshlanmagan, ammo bunyod etiladigan uy loyihasi, chizmalari katta bannerlarga chiqarilib, bogʻ hududi oʻrab, koʻzdan toʻsib qoʻyilgan.


Daraxtlarni kesishga Ekologiya vazirligi ruxsat bergan-bermaganini aniqlashning imkoni boʻlmadi. Vaziyatni mutasaddilar oʻrganib chiqishiga umid qilib qolamiz.

