platina.uz
Jamiyat

Turizm boʻyicha davlat va xususiy sektor hamkorligi kerak

Bu gap Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida hamkor (affillangan) aʼzolarning yalpi majlisida yangradi.

Turizm boʻyicha davlat va xususiy sektor hamkorligi kerak

Samarqandda oʻtkazilayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida hamkor (affillangan) aʼzolarning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda turizm sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Yalpi majlisda Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo davlatlar ittifoqining xususiy kompaniyalar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat koalitsiyasi umumiy maqsadlarga erishish maqsadida davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini taʼkidlashdi.

Qayd etish joiz, bosh assambleya 25-sessiyasi doirasida assotsiatsiyaning eng muhim nizom yigʻilishi – affillangan aʼzolarning 44-yalpi majlisi oʻtkazilmoqda.

Majlisda koʻtarilgan asosiy mavzu — “Davlat-xususiy hamkorlik orqali turizmni rivojlantirish” boʻlib, unda 100 dan ortiq affillangan aʼzolar soʻnggi yigʻilishdan keyin erishilgan asosiy natijalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, rivojlanish strategiyasi sohasidagi ishlanmalar va yutuqlarni koʻrib chiqishdi, aʼzolikning joʻgʻrofiy jihatdan teng muvozanatli boʻlishi hamda kelajakdagi loyihalar va hamkorlik boʻyicha maʼlumot va takliflar almashildi.

Yigʻilish ishtirokchilariga yaqin kunlarda ishga tushiriladigan, yangi modernizatsiya qilingan platforma ham taqdim etildi. Platforma oʻz xizmatlari bilan interaktiv va dinamik oʻzaro aloqani, xususan, qoʻmita aʼzolari oʻrtasidagi aloqa va hamkorlikni yaxshilash uchun moʻljallangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid