Qashqadaryoda avtobus gaz balloni portladi, 4 kishi ogʻir jabrlangan
Qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam koʻrsatilgan.

Qashqadaryoda avtobus gaz balloni portlab, 4 kishi jarohat oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 15 oktabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan oʻtuvchi “Qarshi-Buxoro” ichki yoʻlida “ISUZU” rusumli avtobus yoʻlovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida portlashi sodir boʻlgan.
Oqibatda 4 nafar fuqaro oʻrta ogʻir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan, qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam koʻrsatilgan.
"Eng asosiysi hodisa natijasida hech kim halok boʻlmagan" deyiladi xabarda.




