Prezident Global mediakampus tashkil etishni taklif qildi
U turizmni yorituvchi jurnalistlar va sayohat blogerlarni birlashtiradi.
Prezident ochilish marosimida soʻzlagan nutqida turizmni yorituvchi jurnalistlar va sayohat blogerlarni birlashtiradigan Global mediakampus tashkil etishni taklif qildi.
"Birinchi media kampusni yurtimizda qabul qilishga tayyormiz", dedi Prezident.
Prezidentga koʻra, Oʻzbekiston Turizmni kompleks rivojlantirishi boʻyicha 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini ishlab chiqmoqda.
Toshkent-Samarqand va Navoiy-Buxoro yoʻnalishlarida 6 ta tezyurar poyezdlar olib kelinadi. 600 km qoʻshimcha temiryoʻllar quriladi. 2025-yildan Toshkent-Xiva yoʻnalishida tezyurar poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. 2026 yilda esa ushbu yoʻnalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi