Oʻzbekiston iqtisodiy erkinlik reytingidagi oʻrnini yaxshiladi

Mamlakat 2022 yilda 117-oʻringa tushib ketgandi. 

Iqtisod
16-oktabr 2023 yil
Oʻzbekiston iqtisodiy erkinlik reytingidagi oʻrnini yaxshiladi

Oʻzbekiston dunyo iqtisodiy erkinlik reytingida nechanchi oʻrinni egallagani maʼlum boʻldi. Tegishli reyting har yili Wall Street Journal va Heritage Foundation markazi tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot natijalariga asoslanadi.

Markaziy Osiyoda Qozogʻiston eng yaxshi koʻrsatkichga ega - 71-oʻrin. Qirgʻiziston esa oʻz navbatida 115-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston 176 davlat orasida 109-oʻrinni band etdi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyat erkinligi darajasini baholovchi indeksdir. U mulk huquqi, tadbirkorlik erkinligi, savdoni cheklash va mehnat bozorini tartibga solish kabi koʻrsatkichlarga asoslanadi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi mamlakatlar boʻylab iqtisodiy tizimlarni solishtirish va qaysi siyosat va choralar iqtisodiy oʻsish va boylik yaratishga hissa qoʻshishini aniqlash uchun foydali vosita boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston mazkur reytingda 2021 yilda 108-oʻrinni, 2022 yilda esa 117-oʻrinni egallagan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+