Isroilda halok boʻlganlar Oʻzbekiston fuqarolari emas
Elchixona bedarak yoʻqolganlar haqida hech nima demagan.
Jamiyat
16-oktabr 2023 yil
Isroildagi hujum vaqtida Oʻzbekistonda tugʻilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga koʻchib kelgan 5 nafar kishi halok boʻlgan.
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabariga koʻra, ular hozir Oʻzbekiston fukarolari emas. Elchixona bedarak yoʻqolganlar haqida hech nima demagan.
Avvalroq Isroil tashqi ishlar vazirligi 3 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani haqida xabar bergandi.