Samarqandda turizm boʻyicha yirik tadbir oʻtkaziladi
Unda 130 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, 79 nafar turizm vaziri ishtirok etadi.

Samarqand shahrida 16-20 oktabr kunlari Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyasining tarixiy 25-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida tashkil etilayotgan yigʻilishda 130 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, 79 nafar turizm vaziri ishtirok etadi, deya xabar bermoqda Platina.uz muxbiri.
UNWTO bosh assambleyasi doirasida Samarqandda xalqaro investitsiya forumi, xalqaro taʼlim forumi, “Eng yaxshi turizm qishloqlari”ni taqdirlash marosimi, shuningdek, qator yalpi sessiyalar va madaniy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, 2021 yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan UNWTO bosh assambleyasida Oʻzbekiston Portugaliya va Misr bilan raqobatda gʻolib boʻlgan va navbatdagi yigʻilish oʻtkazilishi uchun tanlangan edi.