platina.uz
Jamiyat

Maktab rahbariyati 21 tup daraxtni kesib tashladi

Bu holat Namangan prokuraturasi va Ekologiya boshqarmasi oʻtkazgan tekshirishda aniqlangan.

Maktab rahbariyati 21 tup daraxtni kesib tashladi

Namangan viloyati Chust tumanidagi 42-maktab internat rahbariyati 2022-2023 yillar davomida 21 tup manzarali daraxtni qonunga zid ravishda kesib tashlab, oʻsimlik dunyosiga 529,5 mln. soʻm zarar yetkazgan.

Bu holat viloyat prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi oʻtkazgan tekshirishda aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda ichki ishlar organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid