Isroildagi oʻzbek talabalari evakuatsiya qilindi
Ayni paytda Isroil va Falastin oʻrtasidagi urush holati soʻnganicha yoʻq.

Isroilning Xolon texnologiya institutida oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talabalar 15 oktabr kuni Toshkentga evakuatsiya qilindi.
Talabalar Tel-Aviv janubidagi Xolon shahrida joylashgan institutdagi oʻqishini onlayn formatda davom ettirishadi.
Ayni paytda Isroil va Falastin oʻrtasidagi urush holati soʻnganicha yoʻq. Falastinliklarga koʻra, Isroilni qayta bombalash oqibatida 700 kishi halok boʻlgan, 4000 ga yaqin odam yaralangan.