platina.uz
Jamiyat

Yilda 300 kun quyosh: Turk Riviyerasi va Egeyda yoz davom etmoqda

Izmir viloyatidagi Cheshme yarim oroli hamisha quyoshli Turk Egeyning eng mashhur sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Yilda 300 kun quyosh: Turk Riviyerasi va Egeyda yoz davom etmoqda

Taqvimlarimiz sahifalarini oktabr oyiga varaqlasak ham, Turkiyaning Oʻrta Yer dengizi va Egey dengizi (Turk Riviyerasi va Turk Egey) sohillarida dam oluvchilar hali ham issiq quyosh nuridan bahramand boʻlib, moviy suvlarda choʻmilib, mazali turk oshxonasidan tanovul qilib kelishmoqda. Yilning 300 kuni quyoshli boʻlgan Turk Riviyerasi va moʻʼtadil iqlimi dengizni isitishda davom etayotgan Turk Egey, nafaqat goʻzal sohillari, balki tarixiy antik shaharlari, shuningdek, tabiiy boyliklar va noyob gastronomiya bilan ham yanada sokin taʼtilni istaydiganlar uchun mukammal kuzgi manzillarni taklif etadi.

Turk Egey: Issiq yoz mavsumidan qolishmaydigan kuz

Izmir viloyatidagi Cheshme yarim oroli hamisha quyoshli Turk Egeyning eng mashhur sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Egey dengiziga qaragan Alachati, oʻzining mahalliy lazzatini saqlab kelayotgan ovqatlanish va koʻngilochar joylarini taklif etadi. Unda siz mintaqaning koʻp asrlik lazzatlarini va ularning zamonaviy talqinlarini tatib koʻrishingiz mumkin. Izmirning eng sevimli tumanlaridan biri boʻlgan, hozirda Michelin Guide roʻyxatiga kiritilgan Urla, oʻzining uzumzorlari va yosh oshpazlar tomonidan ochilgan zamonaviy restoranlari bilan mashhur.

Bodrum oʻzining moviy koʻrfazlari va ajoyib tabiati bilan Turk Egeyning eng nafis va betakror yoʻllaridan biri boʻlib, hashamatli mehmonxonalar, marinalar, jahon taomlari bilan xizmat qiluvchi sifatli restoranlar va birinchi darajali xarid qilish imkoniyatlariga ega. Qadimgi dunyoning yetti moʻʼjizasidan biri boʻlgan Galikarnas maqbarasi xarobalari va suv osti arxeologiya muzeyi joylashgan tarixiy qalʼa ham yarim orolda koʻrish kerak boʻlgan joylardandir. Dunyoning eng muhim moviy kruiz yoʻllaridan biri boʻlgan Bodrum, yil boʻyi yangi dengiz mahsulotlari, turk va jahon oshxonasining eng yaxshi namunalari namoyish etiladigan gastro-shahar sifatida tashrif buyuruvchilarni kutib olmoqda. Yaqinda Mishel qoʻllanmasiga kiritiladigan Bodrumning eng muhim restoranlarining aksariyati port, marina va qirgʻoq hududlarida joylashgan.

Egey dengizidan janubga, Oʻrta Yer dengizi tomon sayohat qilganingizda, sizni ajoyib manzillar kutmoqda. Ularning har biri tabiat moʻʼjizasi va tarix davomida qadimgi taraqqiyot uyi sanaladi. Har bir burchakda hayratlanarli manzaralar bilan oʻralgan bu hududlar unutilmas onlarni taqdim etadi. Datcha va Boʻzburun yarim orollari toza suvlari bilan moviy kruiz sayohatlari uchun asosiy manzillardan boʻlib, insonga tasalli beruvchi dam olish yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Antaliya: yilda 300 yuz kun quyosh

Turk Riviyerasining yuragi, yiliga 300 kun quyosh nuridan bahramand boʻlgan yorqin va qiziqarli shahar boʻlgan Antaliya, antik poytaxtlar, dengiz va quyosh, sohillar va oʻrmonlar bilan oʻralgan. Antaliyada yoz mavsumi aprel oyida boshlanadi va noyabr oyining oxirigacha davom etadi. Kuzda havo harorati salqinroq va erta quyosh botishiga qaramay, Antaliya hali ham issiq yozni boshdan kechirmoqda. Viloyatda 231 ta ajoyib Moviy bayroqli sohillar joylashgan boʻlib, ulardan biri Kash mintaqasidagi Kaputash sohilidir. Yorqin feruza koʻrfazlar bilan oʻralgan Kaputash dunyodagi eng goʻzal sohillardan biri sifatida munosib obroʻga ega. Yilning bu vaqti ham mintaqaning qadimiy aholi punktlarini ziyorat qilish uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Bu hududda bir qancha hayajon baxsh etuvchi qadimiy shaharlarni ziyorat qilishdan tashqari, mintaqadagi qazishmalar paytida topilgan gʻayrioddiy artefaktlar toʻplamiga ega Antaliya muzeyida uchta madaniy mintaqaning: Likiya, Pamfiliya va Pisidiya boyliklarini koʻrishingiz mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid