Prezident Toshkentni aylanyapti
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida yangi qurilgan podstansiyani va “Tashkent city”dagi yangi binolarni borib koʻrdi.

Shayxontohur tumanidagi «Paxtakor» stadioni yaqinida joylashgan «Traktorsoz» podstansiyasidan 19 kilometrdan ziyod kabel tortilib, 2 ta transformator oʻrnatilgan.
U kelgusi oyda ishga tushiriladi. Buning natijasida poytaxt markazida kafolatlangan 130 megavatt qoʻshimcha elektr energiyasi hosil boʻladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi.
Davlat rahbari shu yerda Toshkent shahri elektr taʼminoti tizimidagi qurilish va modernizatsiya ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Yana beshta podstansiya quriladi va toʻrttasi yangilanadi, ularda jami 850 megavatt qoʻshimcha quvvat yaratiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “Tashkent city”da qurilayotgan yangi mehmonxonalar, konsert va opera teatri qurilish jarayoni bilan tanishdi.