Soʻrov: odamlarga koʻproq qaysi mavzular qiziqroq?

Platina.uz aholining koʻproq qaysi mavzudagi xabarlarni kuzatayotganiga qiziqdi.

Jamiyat
13-oktabr 2023 yil

Bugun axborot olamida turli OAV orqali xabarlarning keng tarqalishi, ularning auditoriyasi va taʼsir doirasi tobora kengayib boryapti. Aholi oʻrtasida yon-atrofimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol oʻynaydi.

Ammo xabarlarning barchasi ham hammani birdek qiziqtira olmaydi. Yaʼni aholi oʻz qiziqishlaridan kelib chiqqan holda xabarlarni maʼlum darajada qolipga solishiga toʻgʻri keladi. Shu maʼnoda Platina.uz aholining koʻproq qaysi mavzudagi xabarlarni kuzatayotganiga qiziqdi.

Avvalo, siyosiy va iqtisodiy mavzular hammani qiziqtirishiga yana bir bor guvoh boʻldik. Ayrimlar: “Hammaga iqtisod qiziq boʻlsa kerak, deb oʻylayman” deydi. Erkak respondentlarimizning aytishicha, sportga aloqador yangiliklar ularga koʻproq qiziq. Talabalarga esa taʼlimga oid axborotlar ahamiyatliroq. Shuningdek, bizda shou-biznes, oila-jamiyat, yoshlar, ayollar mavzularidagi maʼlumotlarga qiziqishi boʻlganlar ham uchradi.

Qolaversa, avvalgi soʻrovnomalarimizda boʻlganidek, yangilik kuzatmaydigan, xabarlar koʻrmaydigan odamlarni ham uchratish mumkin.

Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+