platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida mukofotlandi

Mukofot berish tashabbusi Qirgʻiziston Respublikasi tomonidan koʻtarilgan.

Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida mukofotlandi

Bugun Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan MDH davlat rahbarlarining sammitida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofot berish tashabbusi Qirgʻiziston Respublikasi tomonidan koʻtarilgan.

Shavkat Mirziyoyev MDHni rivojlantirish, Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining oliy mukofoti bilan taqdirlandi, deyiladi xabarda.

"Shavkat Miromonovichning siyosiy irodasi tufayli bizning davlatlarimiz oʻrtasida chegaralarni delimitatsiya qilish jarayoni oʻz yakuniga yetkazildi va oʻn yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolar hal boʻldi" dedi Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov.

MDHning Faxriy nishoni tashkilot oliy mukofoti sanaladi. U MDH Davlat rahbarlari kengashining 2002 yil 7 oktabrdagi qarori bilan taʼsis etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid