platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Lukashenko bilan uchrashdi

Boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Lukashenko bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktabr kuni Bishkek shahrida oʻtayotgan MDH sammiti doirasida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.

Madaniyat, kinematografiya va sport sohasida qoʻshma tadbirlar muntazam oʻtkazib borilmoqda.

Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan choralarni koʻrish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, Hududlar forumi hamda Oʻzbekiston va Belarus yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etdilar, deyiladi rasmiy xabarda.

MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid