platina.uz
Jamiyat

Zoyir Mirzayev 4 hokimni jazoladi

Ular 2023 yil 28 sentabr kuni viloyat hokimligida oʻtkazilgan tanqidiy yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar muddatida bajarilishini taʼminlamagan.

Zoyir Mirzayev 4 hokimni jazoladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bir oʻrinbosari va 4 ta tuman hokimini jarima intizomiy jazolari bilan jazoladi.

Jumladan:

  • hokimning shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Barhayot Meliyevga oʻrtacha oylik ish haqinining 30 foizi miqdorida;
  • Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatovga oʻrtacha oylik ish haqinining 20 foizi miqdorida;
  • Parkent tumani hokimi Shohrux Shoahmedovga oʻrtacha oylik ish haqinining 20 foizi miqdorida;
  • Quyi Chirchiq tumani hokimi Akmal Xolmuradovga oʻrtacha oylik ish haqinining 20 foizi miqdorida;
  • Oʻrta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimovga oʻrtacha oylik ish haqinining 20 foizi miqdorida jarima jazolari qoʻllanilgan.

Ular 2023 yil 28 sentabr kuni viloyat hokimligida oʻtkazilgan tanqidiy yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar muddatida bajarilishini taʼminlamagani aytilgan.

Shuningdek, sifatsiz bajarilgan topshiriqlar haqida tizimga yuzaki axborotlar kiritgan va ijro intizomini susaytirib yuborgan.

Barhayot Meliyev bungacha ham 2 marta jazolangan: 2022 yil 6 avgustda hayfsan, shu yil 6 sentabrda 30 foizlik jarima.

Chirchiq shahri hokimi ham shu yil fevralda hayfsan jazosi bilan jazolangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid