platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili tayinlandi

U avval Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasida ishlagan. 

Oʻzbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili tayinlandi

Kamol Muxtarov Oʻzbekistonning YuNESKO huzuridagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Kamol Muxtorov 42 yoshda. U Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 2007 yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning YuNESKO huzuridagi avvalgi doimiy vakili Umid Shadiyev Turizm qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid