Oʻzbek kinosiga sarflanayotgan milliardlar

Biz ayrim tarixiy va badiiy hamda hujjatli filmlar uchun xarj qilingan mablagʻlar haqida ochiq manbalardan foydalangan holda maʼlumotlarni yigʻdik.

Madaniyat
12-oktabr 2023 yil
Oʻzbek kinosiga sarflanayotgan milliardlar

Kinematografiya agentligi soʻnggi yillarda oʻzbek kinosi uchun sarflayotgan pullarni koʻrib, hayratdan yoqa ishlaysiz. Eng qizigʻi, ular na dunyoga chiqa oladi, na tomoshabin qalbidan joy oladi. Har holda avvalgi sevimli kinolarimiz kabi qayta-qayta koʻriladigani yoʻq hisobi.

Biz ayrim tarixiy va badiiy hamda hujjatli filmlar uchun xarj qilingan mablagʻlar haqida ochiq manbalardan foydalangan holda maʼlumotlarni yigʻdik. Ikkinchi tomonga ham minbar berishga tayyormiz.

"Abdulla Oripov" filmi

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmni suratga olish uchun jami 8 mlrd. soʻmdan ortiq pul ajratilgan. Shundan yil boshida salkam 1,8 mlrd. va 389,3 mln. soʻm, 2 mayda 955 mln. va 8 mayda 955 mln. soʻm, 2 iyunda esa 4,5 mlrd. soʻm ajratilgan.

"Bahodir Yalangtoʻsh" filmi

Kinematografiya agentligi, Samarqand viloyati hokimligi va "Ezgu film" MChJ bilan hamkorlikda "Bahodir Yalangtoʻsh" deb nomlangan tarixiy filmni suratga olinyapti. Umumiy summa 30,5 mlrd. soʻm, keyinroq qoʻshimcha 9,3 mlrd. soʻm ajratilgan.

Shundan 10 mlrd. soʻm Samarqand hokimligiga, 7,7 mlrd. soʻm esa agentlikka ulush boʻlib tushadi. Kinodagi jami aktyorlar uchun 127,4 mln. soʻm gonorar hisoblangan. Ssenariy muallifi va rejissyor Jahongir Ahmedov.

"Osiyo arsloni. Kazbek" filmi

Kinematografiya agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi va CINEMA OF CENTRAL ASIA MChJ mablagʻlariga suratga olinadigan "Osiyo arsloni. Kazbek" filmi uchun jami 25 mlrd. soʻm, keyinroq 982 mln. soʻm ajratilgan.

Kino ikkinchi jahon urushida jasorat koʻrsatgan oʻzbek yigiti, sobiq ittifoq qahramoni Mamadali Topvoldiyev hayoti haqida hikoya qiladi. Suratga olish ishlari asosan Belarusda boʻlib oʻtadi. Ssenariy uchun 48,2 mln. soʻm, oʻzbek aktyorlari uchun 345 mln. soʻm, belarus aktyorlari uchun 887,5 mln. soʻm ajratilgan. Film ssenariysini S.Abbosov. Yan Milenin, I.Kostyuchenko yozgan, rejissyor Akbar Bekturdiyev.

“Epidemiya” filmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan suratga olinadigan "Epidemiya" kinosi uchun jami salkam 4,5 mlrd. soʻm belgilangan.

"Epidemiya" badiiy filmini suratga olish davrining 1-bosqichini ishlab chiqarish uchun 936,3 mln. soʻm, 2-bosqichini ishlab chiqarish uchun 1,9 mlrd. soʻm, tayyorgarlik davrini ishlab chiqarish uchun 568,6 mln. soʻm, 5-bosqichini ishlab chiqarish uchun 985 mln. soʻm.

“Yengilmas” filmi

Boks boʻyicha jahon va olimpiada chempioni Bahodir Jalolov haqidagi "Yengilmas" filmini ishlab chiqarish uchun 1,78 mlrd. soʻm ajratilgan. Bu kino uchun Surxondaryo hokimligi ham alohida 200 mln. soʻm bergan. Film Surxondaryo viloyati Boysun tumani, Sariosiyo tumani markazi va Sangardak qishloqlarida suratga olinadi.

"Ulugʻ Amir va Donna Mariya" filmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Yolqin Toʻychiyevning murakkab postanovkali badiiy-tarixiy filmi Turkiya kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olinayotgan Amir Temur haqidagi "Ulugʻ Amir va Donna Mariya" filmining tayyorgarlik va 1-bosqich tasvirga olish davrini ishlab chiqarish uchun 11,6 mlrd. soʻm, 2-bosqichi uchun 15,7 mlrd. soʻm va 5 mlrd. soʻm pul ajratilgan.

Kinoda Amir Temur ispan malikasi Donna Mariyani turk sultoni Boyazid Yildirim zulmidan ozod qiladi. Film ssenariy muallifi Xayriddin Sulton, postanovkachi rejissyor Yolqin Toʻychiyev.

Aktyorlarga gonorar uchun ikkinchi bosqichda 117 mln. soʻm ajratilgan. Turkiyadagi xizmatlar uchun esa 11,8 mlrd. soʻm belgilangan.

“Osmondagi bolalar-3” filmi

Zulfiqor Musoqovning "Osmondagi bolalar-3" badiiy filmi montaj va ovozlashtirish bosqichini ishlab chiqarish uchun 989 mln. soʻm ajratilgan. Shundan ssenariy uchun 45,2 mln. soʻm, bastakorga 9,7 mln. soʻm sarflangan.

“Uch qahramon” filmi

Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “Uch qahramon” badiiy filmi uchun avval 2,3 mlrd. soʻm, keyin esa 1,5 mlrd. soʻm ajratilgan.

Ssenariy muallifi Suhrob Qodirov, rejissyor Jasur Shametov. Ssenariy muallifiga 75 mln. soʻm, bosh rol ijrochisiga 28,9 mln. soʻm gonorar belgilangan.

"Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy" filmi

Tojikistonlik kinochilar bilan birgalikda suratga olinadigan "Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy" badiiy filmining qisman tayyorgarlik davrini ishlab chiqarish uchun 6,9 mlrd. soʻm ajratilgan. Bu summa faqat kinoni boshlab olish xarajatlari xolos.

Kino ssenariysini Yusuf Roziqov, Rustam Jabborov, Safar Hadodov va Firdavs Abduxoliqov yozishi belgilangan, rejissyor Yusuf Roziqov.

“Qari qiz” filmi

Toʻliq metrajli “Qari qiz” badiiy filmi uchun 1,4 mlrd. soʻm ajratilgan. Shundan ssenariy muallifi (Nilufar Xudoyberdiyeva) uchun 48,2 mln. soʻm, bosh rol ijrochisi uchun esa 129,3 mln. soʻm gonorar belgilangan.

“Oʻzbek qizi” filmi

Ushbu kino uchun jami 11,2 mlrd. soʻm ajratilgan. Shundan ssenariy muallifi (B.Abdugʻofur) uchun 36,7 mln. soʻm, bosh rol ijrochisiga 16,8 mln. soʻm gonorar belgilangan.

"Yasha, xotin!" filmi

"Yasha, xotin!" nomli badiiy filmni ishlab chiqarish uchun 997,5 mln. soʻm ajratilgan. Ssenariy muallifi Matyoqub Matchonov, rejissyor esa Ochil Hamidov. Ssenariy uchun salkam 80 mln. soʻm, bosh rol ijrochisiga esa 74 mln. soʻm gonorar berilgan.

Boshqa filmlar

  • "Bu yerlarda hayot boshqacha" qisqa metrajli badiiy filmni ishlab chiqarish uchun 164,5 mln. soʻm;
  • "Tuman shifoxonasi" badiiy filmini montaj va ovozlashtirish uchun 590 mln. soʻm;
  • "Ajiniyoz" badiiy filmininig rejissyorlik davrini ishlab chiqarish uchun 285 mln. soʻm;
  • "Hudud" badiiy filmining rejissyorlik va tayyorgarlik davrini ishlab chiqarish uchun 710,8 mln. soʻm;
  • "Uyga qaytish" badiiy filmi uchun 707 mln. soʻm;
  • "Parining sovgʻasi" badiiy filmini oʻzbek tiliga tarjima qilish uchun 116,8 mln. soʻm.

Hujjatli filmlar

Hujjatli filmlar yaratishda ham soʻnggi paytda ancha oʻsish kuzatildi. Soni koʻpaygani bilan sifati ham shunga yarashami, bunisi endi alohida mavzu. Quyida hujjatli filmlarga sarflangan xarajatlarni keltiramiz:

  • "Shavkat Ayupov fazosi" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 115,5 mln. soʻm;
  • "Istiqlol shoiri" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 127 mln. soʻm;
  • "Ohanglar olami" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 120 mln. soʻm;
  • "Ijod mukofoti" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 122 mln. soʻm;
  • "Botir Zokirov" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 245 mln. soʻm;
  • "Jonivorlar haqida suhbat" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 483,6 mln. soʻm;
  • "Ziyorat oltin yoʻl" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 257,7 mln. soʻm;
  • "Chilonzor — poytaxt qalbi" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 477,8 mln. soʻm;
  • "Birlashmagan xalqlar tanazzuli hamda birlashgan xalqlarning qudrati" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 993,7 mln. soʻm;
  • "Aykulash" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 441 mln. soʻm;
  • "Elning mard farzandi" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 424 mln. soʻm;
  • "Yakub Kolas" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 386,6 mln. soʻm;
  • "Xazina" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 257,8 mln. soʻm;
  • "Teatrga baxshida umr. (Toshxoʻja Xoʻjayev)" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 206 mln. soʻm;
  • "Oʻzbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 494 mln. soʻm;
  • "Vengriya fanlar akademiyasi toʻplamida Oʻzbekiston madaniy merosi" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 458 mln. soʻm;
  • "Zomin burguti" nomli hujjatli filmni ishlab chiqarish uchun 235,7 mln. soʻm;
  • "Jirov" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 369,3 mln. soʻm;
  • "Shuhrat Abbosov" hujjatli filmi uchun 124 mln. soʻm;
  • "Hamza Umarov" bir qismli hujjatli filmi uchun 124 mln. soʻm;
  • "Razzoq Hamroyev" bir qismli hujjatli filmi uchun 124 mln. soʻm;
  • "Yoʻldosh Aʼzamov" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 121,7 mln. soʻm;
  • "Lutfixonim Sarimsoqova" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 124 mln. soʻm;
  • "Nabi Rahimov" hujjatli filmini ishlab chikarish uchun 124 mln. soʻm;
  • "Shukur Burhonov" hujjatli filmi uchun 121,7 mln. soʻm;
  • "Komil Yormatov" hujjatli filmi uchun 127,7 mln. soʻm;
  • "Nabi Gʻaniyev" hujjatli filmi uchun 121,7 mln. soʻm.

Solnomalar va kinojurnallar

Kinematografiya agentligi kinosolnomalar va kinojurnallar uchun ham pullar ajratadi.

  • "Kinosolnoma 7-8-sonlar" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 157,5 mln. soʻm;
  • "Kinosolnoma 9-10-sonlar" hujjatli filmini ishlab chiqarish uchun 158,6 mln. soʻm;
  • "Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi" kinojurnalning 1-2-sonini ishlab chiqarish uchun 252,7 mln. soʻm;
  • "Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi" kinojurnalining 3 4-sonini ishlab chiqarish uchun 286 mln. soʻm;
  • "Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi" kinojurnalning 5-6-sonini ishlab chiqarish uchun 285 mln. soʻm;
  • "Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi" kinojurnalning 7-8-sonini ishlab chiqarish uchun 286,6 mln. soʻm.
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+