Toshkentdagi qurilishda uch kishi tuproq ostida qolib ketgani aytilmoqda
Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi qurilishda oʻpirilish oqibatida uch kishi tuproq ostida qolib ketgani aytilmoqda.
11 oktabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Beshqayragʻoch koʻchasida oqova (chiqindi) suvlari uchun moʻljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida oʻpirilish sodir boʻlib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda, deyiladi FVV maʼlumotida.
Hodisa joyiga yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadi 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.