Toshkentda tuproq bosib qolishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi — hokimlik
Ichki ishlar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda qurilishda tuproq oʻpirilish oqibatida ikki kishi halok boʻlgan. Bu haqda Uchtepa tumani hokimligi maʼlumot berdi.
Uchtepa tuman hokimining oʻrinbosari Aziz Naimovning maʼlum qilishicha:
Haqiqatdan ham Uchtepa tumani "Beshkayrogʻoch" koʻchasida olib borilayotgan kollektor kurilishida (kotlovan qazish vaqtida) 5 nafar "Shafoat" maʼsuliyati cheklangan jamiyat xodimlari ishlayotgan boʻlgan. Ammo,tuproq koʻchishi natijasida 2 nafar ishchi xodim hayotdan koʻz yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Ayni damlarda, tuman Ichki ishlar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Uchtepa tumani "Beshqayragʻoch" koʻchasida oqova (chiqindi) suvlari uchun moʻljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida oʻpirilish sodir boʻlib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi aytilgandi.